Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida o‘quv ishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda institut rektori Rivojiddin Karimov, prorektorlar, barcha bo‘lim rahbarlari, mas’ul xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi asosiy masala — 2025-yil davomida o‘quv sohasida amalga oshirilgan ishlar, joriy etilgan yangiliklar va erishilgan amaliy natijalar yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Po'lathon Lutfullayevning batafsil hisobotini tinglashdan iborat bo‘ldi.
Hisobotda institutda:
— o‘quv jarayonini TOP–300 talik xorijiy OTMlar standartlariga moslashtirish,
— dual ta’lim mexanizmlarini joriy etish,
— ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish,
— bitiruvchilar bandligini tizimli ta’minlash,
— o‘quv-uslubiy ta’minotni tubdan yangilash,
— professor-o‘qituvchilarning yuklamalarini optimallashtirish,
— zamonaviy elektron ta’lim infratuzilmasini shakllantirish
kabi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq raqamlar, ko‘rsatkichlar va faktlar asosida batafsil tahlillar taqdim etildi.
Xususan, institutda 101 ta o‘quv dasturining TOP–300 OTMlar dasturlariga moslashtirilgani, 14 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgani, 17 ta monografiya, 18 ta darslik, 28 ta uslubiy qo‘llanma yaratilgani, bitiruvchilarning bandligi bo‘yicha tizimli mexanizm yo‘lga qo‘yilgani kabi natijalar o‘quv jarayonida sifat o‘zgarishlari boshlanganini yaqqol ko‘rsatib berayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda rektor R.Karimov tomonidan erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida institutda o‘quv jarayonini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, ta’lim sifati va natijadorligini yanada oshirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi alohida qayd etildi.
Namangan davlat