MAGISTRATURA TALABALARI BILAN “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida magistratura talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda institut rektori Rivojiddin Karimov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Dilnoza Komiljonova ishtirok etdilar. Ochiq muloqot davomida magistratura talabalarining ta’lim jarayoni, ilmiy faoliyati va talabalar hayotiga oid muammo hamda takliflari tinglandi. Bildirilgan fikrlar yuzasidan atroflicha muhokama olib borilib, mavjud muammolarni hal etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. Uchrashuv magistratura talabalarining takliflarini bevosita rahbariyatga yetkazish, ularni qiynayotgan masalalarni muhokama qilish hamda yoshlar va institut rahbariyati o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.