IS’HOQXON IBRAT NOMIDAGI NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI HAMDA DAVLATOBOD TUMANIDAGI 92-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI

Yangilik madaniy

IS’HOQXON IBRAT NOMIDAGI NAMANGAN DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI HAMDA DAVLATOBOD TUMANIDAGI 92-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori hamda Davlatobod tumanidagi 92-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish va o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan hamkorlik kelishuviga erishildi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchiligi, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Kelishuvga muvofiq, har hafta juma kuni institut professor-o‘qituvchilari tomonidan maktabning chet tili o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar pedagoglarning metodik bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tatbiq etish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun xorijiy tillar bo‘yicha bepul o‘quv kurslarini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusida oliy ta’lim olishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Mazkur hamkorlik maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash, pedagoglar salohiyatini yuksaltirish hamda yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.


👍Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat çet tillari instituti axborot xizmati