Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga daraja.ilmiy.uz platformasi orqali 2027-yil 1-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun suhbat 2026-yil 26-oktabr 9:00 da institutning rektorat binosida o‘tkaziladi.
Talabgorlar o'zlari bilan olib kelishlari kerak bo'lgan hujjatlar:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport);
2. Ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi;
3. Ilmiy rahbar rozilik xati;
4. Ilmiy rahbar ma’lumotlari (passport, ilmiy darajasi va unvoni);
5. Dissertatsiya mavzusiga oid chop etilgan 1 ta maqola hamda 2 ta tezis (DSc talabgorlar uchun 3 ta maqola 2 ta tezis);
6. Dissertatsiyaning 1-bobi (qog’oz variantda)
Institut manzili: Davlatobod tumani, Yangi Namangan shaharchasi, Yoshlik ko'chasi, 100 A-uy.
Telefon raqam: +998942803070
@namdchtiilmiy