Filologiya fakulteti

Isomiddinov Eldor Botirovich
Fakultet dekani

Isomiddinov Eldor Botirovich

Telefon :

95-890-49-49

Elektron pochta :

eldorisomiddinov777@mail.ru

Batafsil

Fakultet xodimlari

Toshpulatov Behzod Bekmurod o‘g‘li

Toshpulatov Behzod Bekmurod o‘g‘li

Zamdekan

Toshpulatov Behzod Bekmurod o‘g‘li

Zamdekan

Dekan o‘rinbosari

Soxibjonov Zoxidjon Soxibjon o‘g‘li

Soxibjonov Zoxidjon Soxibjon o‘g‘li

Zamdekan

Soxibjonov Zoxidjon Soxibjon o‘g‘li

Zamdekan

Dekan o‘rinbosari

Axmadjonov Tursunpo‘lat Axmadjon o‘g‘li

Axmadjonov Tursunpo‘lat Axmadjon o‘g‘li

Zamdekan

Axmadjonov Tursunpo‘lat Axmadjon o‘g‘li

Zamdekan

Dekan o‘rinbosari

Filologiya  fakulteti 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lsada institutda xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar 2022-yildan beri Jahon tillar fakulteti tarkibida tayyorlanib kelinadi.  

Bugungi kunda fakultetni Isomiddinov Eldor Botirovich boshqaradi.

Fakultet asosan ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon , xitoy, arab hamda fors tillari bo‘yicha bakalavr mutaxassislari tayyorlaydi. Namangan viloyati ta’lim muassasalarini xorijiy til mutaxassislari bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari fakultet iqtidorli talabalari va bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda tarjimon-referent va gid-tarjimonlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar.

Fakultet professor o‘qituvchilari va bitiruvchilari. Xorjiy tilllarni o‘qitish metodikasi, qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradilar.

Fakultetning 19 nafar professor-o‘qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda stajirovka va malaka oshirish kurslarini o‘tagan. 

Fakultetda  2 nafar fan doktori professor, 15 nafar falsafa doktori (PhD), dotsent 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. 

Professor-o‘qituvchilarning 92 foizi xorijiy tillar bo‘yicha S1 sertifikatiga ega.

MISSIYA VA QADRIYATLAR

Fakultetning ta’lim sohasidagi asosiy maqsadlari til o‘rganish va o‘qitishni rivojlantirish va shu orqali madaniy xabardorlikni oshirish hamda hozirgi globallashuv zamonida kadrlarning til sohasida kerakli bo‘lgan zaruriy til ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat;

 Shuningdek til ko‘nikmalarini izchil o‘qitish orqali sohada innovatsion va muqobil til o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, hozirgi dunyo hamjamiyatining til o‘qitish va o‘rganish sohasida duch kelayotgan muammolarga zamonaviy yechimlar topish;

Chuqur malakali tilshunoslarni yetishitirish orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlash va madaniy almashinuvlarda faol ishtirokchiga aylanish, jamiyatga til xizmatlari, diplomatik jarayonlar va boshqaruv, hamkorlik sohalarida tarjimonlarga bo‘lgan ehtiyojlarni ta’minlashdan iborat.

 

Ta’lim yo‘nalishlari va dasturlar

Fakultet taklif etadigan bakalaviat yo‘nalishlari:

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili – kunduzgi-4 yil, va kechki – 4,5 yil

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili– kunduzgi – 4 yil

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili– kunduzgi – 4 yil

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili– kunduzgi – 4 yil

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili– kunduzgi – 4 yil

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili– kunduzgi – 4 yil

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili- kunduzgi – 4 yil

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili - kunduzgi – 4 yil

60230400 – Kompyuter lingvistikasi – kunduzgi – 4 yil

 

Fakultetda Ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikat olish uchun til o‘quv kurslari va “Tarjimonlik va taxrir xizmati” markazi faoliyat olib boradi.

 

Talabalar uchun ma’lumotlar

Talabalar uchun AQSH, Rossiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar grantlari e’lon qilinadi. 

 

Institut tomonidan iqtidorli talabalar, ijtimoiy yordamga muxtoj talabalar muntazam moliyaviy rag‘batlantiriladi. Talabalarning ijara pullarining bir qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi.

 

Fakultet talabalari Namangan viloyati va respublikaning boshqa viloyatlarida maktabgacha ta’lim, o‘rta maktablar, professional ta’lim muassasalari, davlat oliy ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari, xorijiy kompaniyalar va mexmonxonalarda amaliyot o‘taydilar

 

Infrastruktura va resurslar

Fakultetning barcha o‘quv auditoriyalari proyektor va smart doskalar bilan jihozlangan bo‘lib darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.

 

Tadbirlar va faoliyat

Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun “Literature discussion”, “Reading club”, “Speaking club”, “Great leaders”, “Literature analysis” , “Translation club”, “Grammar Workshop” to‘garaklari hamda “Ibrat kitobxoni”, shaxmat va shashka loyihalari faoliyat ko‘rsatadi.

Namangan davlat chet tillari instituti, 2G45+VF5, Turagurkan, Namangan Region, Узбекистан

Joylashuv

Namangan davlat chet tillari instituti, 2G45+VF5, Turagurkan, Namangan Region, Узбекистан