
Nemis va fransuz tillari kafedra vazifalari:
- kafedra faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini qonunchilik hujjatlari, institut Ustavi, Ichki tartib qoidalari asosida tashkil etish;
- kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalarning davomati, o‘zlashtirishi va akademik qarzdorliklarini bartaraf etish ishlarini nazorat qilish;
- filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablari va ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish;
- professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatini oshirish, ularning malaka oshirishi, ilmiy darajali kadrlar ulushini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
- kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, talabalarning ilmiy to‘garaklari va iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish;
- kafedrada ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish;
- malakaviy amaliyotlar, yakuniy davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlari himoyasini tashkil etish;
- bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha kadrlar buyurtmachilari va ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik almashinuvini rivojlantirish.