O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari

Davlat ramzlari — davlat suvereniteti va mustaqilligining timsoli. Ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir.

Davlat madhiyasi

Asosiy ma’lumotlar

Qabul qilingan
1992-yil 10-dekabr
Qonun
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonun, 768-XII-son
Matn muallifi
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov
Musiqa muallifi
bastakor Mutal Burhonov
Qonun matni — lex.uz

Davlat madhiyasi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Tavsifi

Davlat madhiyasining matni va musiqaviy tahriri 1992-yil 10-dekabrda qonun bilan tasdiqlangan. Madhiya qonun bilan tasdiqlangan matn va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilishi lozim.

Madhiyaning rasmiy matni qonunga ilova qilingan — uni quyidagi havola orqali lex.uz’da o‘qish mumkin.

Qachon va qanday ijro etiladi

  • Madhiya ko‘pchilik huzurida ijro etilganda hozir bo‘lgan kishilar uni tik turib va o‘ng qo‘l kaftini ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib tinglaydi; harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi.
  • Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida madhiya yangi o‘quv yili boshlanishi va o‘quv yili tugashi marosimlari chog‘ida ijro etiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat madhiyasini hurmat qilishi shart.