O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari

Davlat ramzlari — davlat suvereniteti va mustaqilligining timsoli. Ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir.

Davlat bayrog‘i

Asosiy ma’lumotlar

Qabul qilingan
1991-yil 18-noyabr
Qonun
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun, 407-XII-son
O‘lchami
250 × 125 sm (2 : 1)
Ranglari
to‘q moviy, oq, to‘q yashil; qizil hoshiyalar
Qonun matni — lex.uz

Davlat bayrog‘i

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

Tavsifi

Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

Bayroqning uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy, oq va yashil rangli enlarning kengligi bir xil — har biri 40 santimetr. O‘rtadagi oq enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.

Yuqoridagi moviy enning yuz va orqa tomonida, dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Ramziy ma’nosi

Moviy rang
tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi.
Oq rang
muqaddas tinchlik, poklik va musaffolik ramzi.
Yashil rang
tabiatning yangilanish ramzi.
Qizil chiziqlar
vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Yangi oy
tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq bo‘lib, qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi.
O‘n ikki yulduz
tarixiy an’analar va qadimiy yil hisobi bilan bog‘liq; xalqimiz madaniyatining qadimiyligi, yurtimizda komillik va saodatga intilishni ifodalaydi.

Manba: www.mintrans.uz