O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari
Davlat ramzlari — davlat suvereniteti va mustaqilligining timsoli. Ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir.
Asosiy ma’lumotlar
- Qabul qilingan
- 1992-yil 2-iyul
- Qonun
- «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun, 616-XII-son
Davlat gerbi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
Tavsifi
Tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan.
Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.
Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.
Ramziy ma’nosi
- Humo qushi
- baxt va erksevarlik ramzi.
- Sakkizburchak
- Respublika hurligining ramzi; ichida yarim oy va yulduz.
- Quyosh
- gullagan vodiy uzra zarrin nurlarini sochib turadi.
- Bug‘doy va g‘o‘za
- chambarning so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat.
Rangli tasvirda
- Humo qushi va daryolar — kumush rangida
- quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida
- g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda
- chanoqlardagi paxta — oq rangda
- lenta — Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda
- sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda
- yarim oy va yulduzlar — oq rangida