Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti, Fransuz tili, ikkinchi bosqich talabalari ishtirokida zararli illatlar va giyohvandlik hamda uning salbiy oqibatlari borasida davra suhbat tashkil etildi. Unga:
Giyohvandlik va narkotiklarning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida 2025 yil 21 noyabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi PF-207-son Farmoni 1-ilova 30.1-band ijrosini ta’minlash va yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarga qaratilgan qo‘shma Murojaatdan kelib chiqib, Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta oʻqituvchisi (PhD) Muzaffar Xo‘jamov tomonidan bir qator ma’lumotlar berildi.
O‘qituvchi tomonidan Murojaatning mazmun-mohiyati talabalar uchun batafsil tushuntirildi. Barcha oʻquv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin talabalar Murojaat bilan tanishtirildi.
Professor-o‘qituvchilar va ota-onalarga ma’lumot yetkazish maqsadida Murojaat ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlari bilan ham ta’minlanmoqda va jarayon davom etmoqda.