Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi uchun “yo‘l xaritasi” tayyorlanadi

Yangilik ilmiy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti vakillari Udmurt davlat universitetining Xalqaro bo‘limi va Til va adabiyot instituti rahbariyati bilan Zoom platformasida ishchi uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor P.Lutfullaev, ilmiy kengash kotibi A.Sulaymonov, Marketing bo‘limi boshlig‘i N.Umarov hamda institutda tashkil etilgan "Rus markazi" rahbari A.Mirzanazarova ishtirok etdi.

Tomonlar so‘nggi to‘rt yil davomida olib borilgan hamkorlikni tasdiqlab, uni kengaytirish yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Muhokama doirasida talabalar va o‘qituvchilarning akademik almashinuvi, qo‘shma ta’lim modullari, ikki diplomli dasturlar, ilmiy hamkorlik va nashrlar, shuningdek madaniy-ma’rifiy tashabbuslar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kelgusi o‘quv davrida amalga oshiriladigan almashinuvlar va qo‘shma tadbirlar jadvalini belgilash uchun ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.