Ochiq dars

Yangilik ilmiy

20-noyabr kuni Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Jahongir Madmussayev tomonidan KLA_AU_24 guruhi bilan ochiq dars tashkil etildi. Ochiq dars mavzusi “Present Simple” va “Present Continuous” zamonlari edi.

Dars juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi talabalar faolligini oshirish maqsadida turli mashqlar, interaktiv topshiriqlar va o‘yinlardan foydalandi. Talabalar darsda faol ishtirok etib, mavzularni yaxshi o‘zlashtirishga harakat qildilar. Savol-javoblar o‘tkazilib, talabalar bilimlari mustahkamlandi.

Ochiq darsda dotsent Mirzohid Qoraboyev, katta o‘qituvchi Bekzod Toshpo‘latov hamda professor Tursunpo‘lat Ahmadjonov ishtirok etdilar. Ular dars jarayonini kuzatib, tahlil qildilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ustozlar darsni ijobiy baholab, o‘qitish uslublari va o‘qituvchining yondashuvini yuqori baholadilar.