Kechki ta’lim talabalari yashash sharoiti va xavfsizlik holati nazorat qilindi

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rahbariyati kechki ta’limda tahsil oladigan talabalarning yashash sharoitlariga doimo alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda To‘raqo‘rg‘on tumani, Yangiobod MFYda ijara asosida yashayotgan kechki ta’lim talabalarining yashash sharoitlari shaxsan institut rahbariyati tomonidan o‘rganildi.

Tashrif davomida rektor Rivojiddin Karimov isitish va elektr ta’minotini, yong‘in xavfsizligi vositalarini, internet imkoniyatlarini, shuningdek oshxona va yuvinish xonalarini batafsil ko‘zdan kechirdi. Talabalar bilan suhbatlashilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, yashash sharoitlaridagi yutuqlar hamda mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va ularni tezkor bartaraf etish chorasi ko‘rildi. Shu bilan birga, qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash institut rahbariyatining doimiy nazoratidagi ustuvor vazifa sifatida saqlanmoqda.

Institut maqsadi shundaki, har bir talaba o‘zini o‘z uyidagidek ishonchli va qulay muhitda his etishi, ta’lim jarayoniga to‘liq e’tibor qaratishi mumkin bo‘lsin. Bu esa institutning talabalarga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va ularning farovonligini ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.