Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Zakovat” intellektual o‘yinining kuzgi mavsum final bosqichi o‘tkazildi. Mazkur final jamoalar bilim doirasi, fikrlash tezligi va jamoaviy uyg‘unlik bo‘yicha o‘zaro bellashgan yorqin intellektual maydonga aylandi.
Tadbirni institut birinchi prorektori X.Nishonov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Yakubbayev ochib berdi va barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Kuzgi mavsum g‘oliblari:
1-o‘rin — “Phoenix” jamoasi
2-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
3-o‘rin — “Phenomenal” jamoasi
G‘olib jamoalar institut tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Final bosqichi mazmunan serma’no, raqobat ruhiga boy va tomoshabinlar uchun esda qolarli tarzda tashkil etildi.