“Fuqarolarning burchlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Yangilik ilmiy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi B.Djalolov tomonidan Filologiya fakulteti KLA-AU-24 guruhida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish” fanidan “Fuqarolarning burchlari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida mavzu mazmuni yangi innovasion yondashuvlar hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanilgan holda talabalarga yetkazildi.

Darsning kirish qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan talabalar bayroq haqidagi bilim va tasavvurlarini namoyon etdilar.
Ochiq dars jarayonida kuzatuvchi sifatida kafedra o‘qituvchilari ham ishtirok etib, mashg‘ulotning metodik jihatdan yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etdilar.