Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari institut bilan tanishtirildi

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari, M.Qorabayev va S.A’zamovlar tashabbusi bilan Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari uchun ochiq eshik kunlari tashkillandi. 

Fakultetga tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlarga kafedra dotsentlari M.Qorabayev hamda S.A’zamovlar institutdagi ta’lim yo‘nalishlari, institut talabalari uchun yaratilgan shart sharoitlar haqida tanishtirishdi. 

Shundan soʻng o‘quvchi yoshlar yoshlar axborot-resurs markazi bilan tanishtirildi. Yakunda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilar uchun “Mahorat saboqlari” darslari oʻtildi va ularning savollariga batafsil maʼlumotlar berildi.