Til va adabiyot, chet tillarni oʻqitishning zamonaviy yondashuvlari

Yangilik ilmiy

“Til va adabiyot, chet tillarni oʻqitishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusidagi VI xalqaro talabalar anjumani bo'lib o'tdi.

Prezidentimizning 2022-yil 9-iyundagi PQ-275-sonli qaroriga muvofiq, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Til va adabiyot, chet tillarni oʻqitishning zamonaviy yondashuvlari” mavzusidagi VI xalqaro talabalar anjumani bo'lib o'tdi. Ushbu anjumanda xorijiy va mahalliy talabalar zamonaviy yondashuvlar, tajriba almashish va dolzarb mavzularni muhokama qilish imkoniga ega boʻldilar.

Anjumanni institut rektori R.Karimov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor M.Yakubbayev ochib berdi. Ushbu anjumanda talabalar o‘zlarining ilmiy maqola hamda tezislari bilan ishtirok etdi.

Anjuman yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi anjumanlar yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.