Ruhiy salomatlik va sog‘lom hayot tamoyillari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Yangilik madaniy

Namangan viloyatida ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘lim boshlig‘i, tajribali narkolog vrach X.Azamov, rektor maslahatchisi A.Shokirov va tyutor S.Jo‘raboyeva ishtirokida navbatdagi ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

- Uchrashuv davomida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlar va ularning jismoniy hamda ruhiy oqibatlari, psixologik barqarorlikni mustahkamlash masalalari keng muhokama qilindi. Shu bilan birga, narkotik moddalar ta’siri va ularning oldini olish yo‘llari ham batafsil yoritildi.

- Mutaxassis X.Azamov ishtirokchilarga real hayotiy misollar bilan tibbiy tavsiyalar berdi, profilaktika choralarini tushuntirdi hamda yoshlarni sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga undadi. Tadbir davomida talabalar va yoshlar o‘z savollarini berib, faol ishtirok etishdi, bu esa uchrashuvni yanada interaktiv va samarali qildi.

- Ushbu davra suhbati yoshlar o‘rtasida sog‘lom va mas’uliyatli hayot tarzini rivojlantirish, zararli odatlardan uzoqlashish va ruhiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.