Dissertatsiya himoyasi

     Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi Amanov Akmal Aripjonovich “Talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

     Himoya Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengashning bir martalik majlisida bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib deb topildi.

     Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha PhD, professor Po‘latxon Lutfullayev.

     Institut jamoasi Akmal Aripjonovichni ushbu yirik yutuq bilan tabriklab, unga ilmiy faoliyatida yangi zafarlar tilaydi!