Navbatdagi Ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

Yangilik ilmiy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda bugun, 2025-yil 14-noyabr kuni, Farg‘ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Artikova Shaxnoza Maxamadovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan: “Rus, oʻzbek va ingliz madaniyatlarida muloqot jarayonida odob-axloq kategoriyasining oʻrganilishi (oila ritorikasi asosida)”
mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari nomzodi, professor D.Davlyatova.

Seminarda dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari, nazariy asoslari va natijalari atroflicha muhokama qilindi, taqrizchilar tomonidan tegishli ilmiy fikrlar va takliflar bildirildi.