Namangan davlat universitetida “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – kelajak taraqqiyotining muhim omili” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada respublikaning turli hududlaridan professor-o‘qituvchilar, olimlar, doktorantlar, magistrantlar, mutaxassislar qatnashdi. Jumladan, Til va tarjima fakulteti, Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi katta oʼqituvchisi, Tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori Muzaffar Xoʼjamov ham oʼz maʼruzasi bilan ishtirok etib, oʼz fikr va mulohazalarini bildirib oʼtdi. Shuningdek, Rus, Koreys, Tojik, Qirg‘iz va boshqa milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda xodimlari ham faol ishtirok etib, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va diniy bag‘rikenglik tamoyillarini rivojlantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Konferensiya yakunida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.