Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti “Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi oʻqituvchisi N.Atabayeva tomonidan XTA-KU-25 guruhida “Umumiy psixologiya” fanidan “Shaxs, shaxsning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida ochiq seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Dars jarayoni zamonaviy va qiziqarli metodlar asosida tashkil etildi. Talabalar “Shaxs” mavzusini kichik guruhlarda taqdimotlar shaklida yoritib berdilar. Mashgʻulot turli psixologik oʻyinlar bilan boyitilib, talabalarning faolligi va mavzuga qiziqishi yanada oshdi.
Ochiq darsda kafedraning professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Yakunda oʻqituvchi talabalar fikrlarini umumlashtirib, ularni faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirdi. Mashgʻulot davomida belgilangan maqsadlarga toʻliq erishildi.