Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz

Yangilik ilmiy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi...

Institutda rektor maslahatchisi A.Shokirov boshchiligida o‘tkazilgan ilmiy-ma’rifiy davra suhbatida O‘zbekistonning hozirgi islohotlari, yoshlarni sog‘lom tarbiyalash, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash hamda diniy ekstremizmning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda 200 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda quyidagi mutaxassislar ma’ruzalar bilan qatnashdilar:
- A.Abduvaxidov – Imom at-Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimi;
- I.Soliyev – Namangan viloyati hokimligi huzuridagi ijtimoiy sog‘lomlashtirish komissiyasi a’zosi, falsafa fanlari doktori;
- N.Oribjonov – Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Davlatobod tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi.

Tadbir davomida bir qator vazifalar belgilab olindi:
 Yoshlar ma’naviy immunitetini mustahkamlash bo‘yicha seminarlar va ogohlantiruvchi darslarni tizimli yo‘lga qo‘yish;
 Har oy islohotlarga bag‘ishlangan ma’ruzalar tashkil etish, talabalarni kasb egallash va raqamli ko‘nikmalarga yo‘naltirish;
 Millatlararo totuvlik va xavfsizlik bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish;
 Talabalar bilan ishlash jarayonida tyutorlar va dekan o‘rinbosarlari tomonidan muntazam monitoring olib borish.

Tadbir yoshlar ongida milliy birlik, totuvlik va kelajak oldidagi mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi!