Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Ergashev Jahongir va Jalolov Bahromjon Davlatobod tumani Yuksalish mahallasida joylashgan 92-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi 18-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Unga muvofiq: kambag‘al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlarini tayyorlov kurslariga jalb etish,
bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini oshirish
bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Shu munosabat bilan maktabda “Yosh tarixchilar” tayyorlov kursi tashkil etildi. O‘qituvchilar bitiruvchi o‘quvchilar bilan oliy ta’lim tizimi, kirish tartibi va yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordi.
O‘quvchilarning savollariga belgilangan tartibda javoblar berildi.
Mazkur ishlar belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan holda muntazam davom ettiriladi.