“Uchinchi Renessans” — Bilim, fikr va ijod uyg‘onishining yangi bosqichi!

Yangilik ilmiy

 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti tyutori J.Abdurazzoqov o'ziga biriktirilgan guruh talabalari o'rtasida “Uchinchi Renessans” Brain Ring intellektual o‘yini o'tkazildi.

G'olib jamoalar quyidagi o'rinlarni egallashdi.
1- o‘rin. Zukko avlod
 2- o‘rin. Kelajak bunyodkorlari
 3- o‘rin. Ilm yulduzlari

Brain Ring — bu jamoaviy intellektual o‘yin bo‘lib, ishtirokchilar tezkor fikrlash, mantiqiy tahlil va bilimga asoslangan savollarga qisqa vaqt ichida javob berish orqali bellashadilar.
Agar sen bugun fikrlashni o‘rgansang — ertaga jamiyatni o‘zgartirishing mumkin.
Agar bugun jamoa bilan ishlashni o‘rgansang — ertaga katta loyihalar senga bo‘ysunadi.
Agar bugun o‘zingni sinab ko‘rsang — ertaga hech qanday to‘siq seni to‘xtata olmaydi.