Namangan delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi va xalqaro hamkorlik istiqbollari

Yangilik ilmiy

Namangan viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Gaffarov rahbarligidagi delegatsiya 2025-yil 11-noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining Leyptsig shahrida joylashgan ZAW – Zentrum für Aus- und Weiterbildung markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida markazda mavjud 16 ta kasbiy yo‘nalish bo‘yicha ta’lim jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlar va dual ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari ZAW markazi rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari, qo‘shma loyihalar va o‘quv dasturlarini rivojlantirish masalalarida muzokaralar olib bordi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Nemis va fransuz tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Tursunov Zohidjon Zokirjonovich mazkur delegatsiya tarkibida 10–16 noyabr kunlari Germaniyaga xizmat safari davomida tarjimon sifatida faol ishtirok etmoqda.

Shuningdek, u 2025-yil 17-noyabrdan 5-dekabrgacha Germaniyaning Maynts universitetida ilmiy-metodik stajirovka o‘tashi rejalashtirilgan.

Mazkur tashrif Namangan viloyati oliy ta’lim tizimi va Germaniya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy, metodik va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.