Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar oʻrtasida “Maʼrifat maydoni” respublika koʻrik-tanlovining institut bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda 6 ta jamoa 3 ta shart boʻyicha oʻz bilim va isteʼdodlarini namoyish etdilar:
1. “Adiblar hayoti” — ishtirokchilar adiblar xiyobonida haykali oʻrnatilgan atoqli shoir va adiblarning hayot yoʻllarini yoritib berdilar.
2. “Savol-javob” — jamoalar o‘z bilimlarini tezkor savollar orqali sinovdan oʻtkazdilar.
3. “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” — ushbu shartda qatagʻon davrida hayoti va ijodi bilan xalq xotirasida abadiy qolgan adib va shoirlarning fojiali taqdiri sahna ko‘rinishlari orqali jonlantirildi.
Tadbir davomida yoshlarning adabiyotga, tarixga va milliy qadriyatlarga boʻlgan hurmati, sahna mahorati hamda jamoaviy ishlash koʻnikmalari yaqqol namoyon boʻldi.
Hakamlar hay’ati tomonidan baholash natijalariga koʻra, quyidagi jamoalar gʻolib deb topildi:
1-oʻrin — “Ibrat izdoshlari” jamoasi. Ushbu jamoa endilikda tanlovning hududiy bosqichida institut sharafini himoya qiladi.
2-oʻrin — “Ibrat folklor” jamoasi
3-oʻrin — “Liderlar” jamoasi
Tadbir yoshlarning ijodkorlik salohiyatini, milliy gʻururini va maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi.