Ilmiy daraja himoyasi

     Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi Ermirzayev Abbos Vaxobjonovich 2025-yil 20-oktyabr kuni “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini autentik materiallar vositasida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

     Himoya institut huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik kengash majlisida o‘tkazildi. Kengash a’zolari tadqiqotchini pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga loyiq deb topdilar.

     Ilmiy maslahatchi: pedagogika fanlari doktori, dotsent Misirov Sohibjon Abdupattayevich

     Institut jamoasi Abbos Vaxobjonovichni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi!
     Uning ilmiy muvaffaqiyati ta’lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.