Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori mazmun-mohiyati bilan batafsil tanishtirildi

Yangilik ilmiy

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-aprelda qabul qilingan 149-sonli “Oliy ta’lim tizimida boshqaruvni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Til va tarjima fakulteti dekan o‘rinbosari M.Rustamaliyev hamda fakultet tyutori S.Jo‘raboyeva qarorning ahamiyati, unda belgilangan yangiliklar hamda oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.

 Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qarorning mazmuni va amaliy ahamiyati yuzasidan keng tushunchaga ega bo‘ldilar. Tadbir jarayonida ta’lim jarayonini takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash va samaradorlikni oshirish borasidagi fikr-mulohazalar ham tinglandi.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat huquqiy savodxonlikni oshirish, balki oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning amaliy mazmunini chuqur anglashda ham muhim ahamiyat kasb etdi.