Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti Til va tarjima fakultetida “Yoshlar orasida xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Davlatobod tuman Adliya bo‘limining bosh yurist konsuli T.Shokirov, institut profilaktika inspektori A.Ortiqov, hamda fakultet tyutori D.O‘rinova ishtirok etdilar. Ular yoshlarga jinoyatchilik va huquqbuzarlikning shaxs, oila va jamiyat hayotidagi salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berishdi.
T.Shokirov o‘z chiqishida yoshlar orasida qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda ularning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi va ijtimoiy faolligini oshirish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida yoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi normalar, shuningdek, ularni buzganlik uchun belgilangan javobgarlik turlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Profilaktika inspektori A.Ortiqov esa jinoyatchilikning eng ko‘p uchraydigan shakllari, yoshlar orasida uchrab turadigan huquqbuzarlik holatlari va ularning sabablari haqida so‘z yuritdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni huquqiy jihatdan savodli, mas’uliyatli va ongli fuqarolar sifatida tarbiyalashda, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.