Erasmus+ dasturi EMPOWER loyihasining mikromodul amaliyoti o‘tkazildi

Yangilik ilmiy

Namangan davlat chet tillari institutida ayol talabalarning biznes va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bunda institut  talabalari uchun Erasmus+ dasturining EMPOWER loyihasi doirasida mikromodul amaliyotining navbatdagi bosqichi tashkil etildi. Unda qizlar LMS platformasida joylashgan 6 ta mikrokredit kurslaridan 2 tasini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘quv jarayoni bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar. 

Tadbir davomida loyiha imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari hamda yosh ayollar uchun yaratilayotgan startap dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda N.Jakbarova va F.Mahmudova o‘z tajribalari asosida talabalar bilan mashg'ulotlar olib bordilar.