Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining Til va tarjima fakultetida “O‘zbekiston – dunyoviy davlat” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.Rustamaliyev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori M.Mirg‘aniyeva ishtirok etdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy davlat sifatidagi tamoyillari, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, shuningdek, konstitutsiyaviy asoslarda belgilangan inson huquq va erkinliklari haqida atroflicha fikr yuritildi.
M.Rustamaliyev o‘z chiqishida O‘zbekistonning dunyoviylik tamoyili jamiyatda erkin fikrlash, ilm-fan va ta’lim rivojiga, turli e’tiqod egalari o‘rtasida tinchlik va totuvlikni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Tyutor M.Mirg‘aniyeva esa mazkur mavzu bo‘yicha talabalar bilan interaktiv tarzda savol-javob o‘tkazib, ularning dunyoviylik tushunchasi, davlat va din munosabati haqidagi qarashlarini bilib oldi.
Tadbir yakunida talabalar O‘zbekistonning dunyoviy davlat sifatidagi taraqqiyot yo‘li haqida chuqurroq bilimga ega bo‘ldilar va bu borada faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhimligi qayd etildi.