Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari uchun ingliz tili fan olimpiadasi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodning ingliz tilini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish hamda iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishdan iboratdir.
Olimpiada davomida ishtirokchilar ingliz tili grammatikasi, leksikasi, tinglab tushunish va yozma nutq yo‘nalishlarida o‘z bilimlarini namoyon etdilar.
Fan olimpiadasi g‘oliblari institut tomonidan munosib tarzda taqdirlandi. Ushbu tadbir o‘quvchilarning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.