Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik doirasidagi tashrif

Yangilik ilmiy

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi “Jasorat” muzeyiga Til va tarjima fakultetining TM-AU-25 guruhi talabalari tashrif buyurishdi.

Tashrif “Gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchilari Baxrom Djalolov, Ergashev Jahongir hamda tyutor M. Usmonova boshchiligida tashkil etildi.

Talabalarga muzey bo‘ylab sayohat chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseyi direktori o‘rinbosari, mayor Ismoiljon Saidqulov hamrohlik qildi. U ishtirokchilarga muzey tarixi, Ichki ishlar organlarining viloyat miqyosidagi faoliyati, ularning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur tashrif talabalar uchun katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida institut va muzey rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Talabalar muzeyda mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlab kelayotgan ichki ishlar tizimining mustaqillik yillaridagi faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.