Namangan davlat chet tillari institutida «Tilning abadiy bahsi: to‘g‘rimi yoki tushunarlimi» mavzusida intellektual tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir “Zamonaviy rus tilini o‘qitish texnologiyalari” fanidan “Step by Step” intellektual o‘yinlar turkumi doirasida tashkil etildi. Tadbirni Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (PhD) D.T. Akmalova tashkil etib, olib bordi.
Tanlov davomida ishtirokchilar zamonaviy jamiyatda savodli nutqning ahamiyati haqida fikr almashdilar, tilda me’yor va tushunarlilik o‘rtasidagi nisbatni muhokama qildilar hamda jonli nutq va badiiy adabiyotdan misollar keltirdilar.Talabalar yuqori saviyadagi bilim, faollik va ijodiy yondashuvni namoyon etdilar. Intellektual muhit nafaqat muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga, balki rus tili madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishga ham xizmat qildi.