Talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlar sahroitlari bilan tanishildi

Yangilik madaniy

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Atabayeva hamda tyutor D. O‘rinova tomonidan talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida mas’ullar talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, gigiyena holati, xavfsizlik masalalari va yashash joylarining qulayligi bilan tanishdilar. Shuningdek, ular bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, o‘qish jarayoni, darslarga qatnashish, sog‘lom turmush tarzi hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish haqida fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv davomida talabalarning muammolari va takliflari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shu kabi tashriflar institut rahbariyati tomonidan muntazam yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi — talabalar uchun sog‘lom va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash hamda ularning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini yanada oshirishdan iboratdir.