Til va tarjima fakulteti, GID-AU-23 guruh talabalari va fan o‘qituvchisi Muzaffar Xoʼjamov rahbarligida "Oʼzbekiston tarixiy obidalari" fani doirasida Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyining nodir eksponatlar boʼlimida ochiq dars tashkil etildi.
Unda muzeyda saqlanayotgan noyob va qimmatli manbalar, hujjatlar va ularning ahamiyati, boy tarixi haqida M.Xoʼjamov soʼz olib, qimmatli maʼlumotlar berib oʼtdi. Amaliy dars jarayonida antik davrda to bugungi kunimizgacha saqlanib kelayotgan asotiriy-atiqalar, shaharsozlik, tariximiz hamda madaniyatimizga oid maʼlumotlar atroflicha tushintirib oʼtildi. Dars davomida talabalar ham faol ishtirok etib, oʼzlarini qiziqtirgan savollarga bir qator javoblar ham oldilar. Amaliy darslar davom etadi.