2025-yil 11-noyabr kuni Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetida magistratura bosqichi talabalari uchun “Akademik yozuvda plagiatdan qochish va manbalardan samarali foydalanish” mavzusida master-klass muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar:
- Plagiat tushunchasi va uning turlari bilan tanishdilar
- Akademik halollikning asosiy tamoyillarini o‘rgandilar
- APA va MLA iqtibos keltirish uslublaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni amaliyotda sinab ko‘rdilar
Trening mashg‘uloti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Zebunisso Raxmonova tomonidan olib borildi.
Seminar akademik yozuv madaniyati, manbalardan to‘g‘ri foydalanish hamda plagiatdan qochish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Ishtirokchilar mashg‘ulotda katta qiziqish bilan qatnashdilar va master-klass interaktiv hamda samarali muhitda o‘tdi.