“Xorijiy tillar” fan olimpiadasi g‘oliblari respublika bosqichiga yo‘l oldi!

Yangilik ilmiy

     Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida o‘tkazilgan fan olimpiadasi natijalariga ko‘ra, quyidagi iqtidorli talabalar institut sharafini himoya qilish uchun respublika bosqichiga yuborildi:

Ingliz tili — Xoldarov Mashxurbek Xusniddin o‘g‘li
Xitoy tili — Mashrapova Komila Og‘aboy qizi
Yapon tili — Ravshanov Shohruhjon Shahriyorovich
Koreys tili — Akbarov Muhammadyusuf Sultonxo‘ja o‘g‘li
Arab tili — Xojimirzayeva Dilnoza Muzaffar qizi
Nemis tili — Xoshimov Abdulaziz Abdijabbor o‘g‘li
Fransuz tili — Safarboyeva Ulbo‘lsin Azamat qizi

Institut jamoasi ularni ezgu tilaklar bilan respublika bosqichiga kuzatdi.Har bir talabamizga kuch-g‘ayrat, ishonch va ulkan g‘alabalar tilaymiz!