Yaponiyaning KOSEN (National Institute of Technology) hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan online uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut nomidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Po‘latxon Lutfullayev, KOSEN tomonidan esa Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Shinichiro Ouchi ishtirok etdi.
Tomonlar talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va o‘quv jarayonida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim va ilmiy sohada qo‘shma loyihalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Namangan davlat