Bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashish — amaliy qadamlar bilan!

     Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bitiruvchi bosqich magistratura talabalari uchun mehnat bozoriga yo‘naltirilgan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi.

     Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarori va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i asosida, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.

     Uchrashuvda institut Talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi A.G‘anijonov hamda “O‘zmilliybank” AJ Namangan filiali Kredit bo‘limi mutaxassislari—I.Xolmirzayev va A.Kamalov ishtirok etib, magistratura talabalariga tijorat banklari faoliyati, ishga qabul jarayonlari va mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berishdi.