Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida bitiruvchi bosqich talabalari uchun amaliy va foydali uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 20-martdagi 114-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut Talabalar amaliyoti bo‘limi boshchiligida o'tkazildi. Uchrashuvga “O‘zmilliybank” AJ Namangan filiali Kredit bo‘limi mutaxassisi I.Xolmirzayev tashrif buyurdi. U bitiruvchi bosqich talabalari bilan suhbatda bo‘lib, ularni “Kelajakka qadam” dasturi bilan tanishtirdi. Mazkur dastur yoshlarning o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etishlarida ko‘maklashish, qulay moliyaviy sharoitlar yaratish, ishga joylashishlariga yordam berish va mehnat bozoriga tayyor, malakali kadr sifatida yetishtirishni maqsad qilgan.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda, o‘zaro fikr almashish tarzida o‘tdi.
Tadbirda Namangan viloyati Turizm boshqarmasi, Milliy bank, shuningdek, Turaqo‘rg‘on va Davlatobod tumanlaridagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ham ishtirok etdilar.
Namangan davlat