Til va tarjima fakulteti talabalari milliy libosda

     Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti talabalari ham bugun milliy libosda darslarga tashrif buyurishdi. Fakultet jamoasi orasida o‘ziga xos muhit, uyg‘unlik va chiroyli kayfiyat hukm surdi.

     Har bir guruh o‘z didi va ijodiy yondashuvi bilan milliy liboslar orqali o‘ziga xos imidj yaratdi. Bu tashabbus talabalarning milliy qadriyatlarni qadrlashini, o‘z an’analariga e’tiborli ekanini yana bir bor namoyon etdi.