“REKTOR VA YOSHLAR” — TASHABBUSLAR, G‘OYALAR VA IMKONIYATLAR UCHRASHUVI

Yangilik ilmiy

“REKTOR VA YOSHLAR” — TASHABBUSLAR, G‘OYALAR VA IMKONIYATLAR UCHRASHUVI
  Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Til va tarjima fakultetining faol va tashabbuskor talabalari ishtirokida institut rektori R.Karimov bilan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni fakultet yoshlar yetakchisi G.Egamberdiyeva olib bordi. Muloqot davomida talabalar fakultetda faoliyat yuritayotgan 38 ta to‘garak, jumladan, 5 ta muhim ustuvor yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyati, erishilayotgan natijalar hamda mavjud muammolar haqida o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Shuningdek, yoshlar tomonidan ilmiy-ijodiy salohiyatni rivojlantirish, xorijiy tillarni o‘rganishning zamonaviy usullarini joriy etish, volontyorlik faoliyatini kengaytirish va talabalar hayotini yanada mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbusli loyihalar taqdim etildi. Institut rektori R. Karimov talabalarning taklif va tashabbuslarini diqqat bilan tinglab, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, to‘garaklar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda faol yoshlarni rag‘batlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. Uchrashuv yakunida to‘garaklar uchun xonalar va texnik vositalar bilan ta’minlash, mashg‘ulotlar jadvalini dars jarayoni bilan muvofiqlashtirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda institut hayotida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.
Faol yoshlar — fakultet faxri, tashabbuslari — ertangi kun poydevori!