"QO‘RQMA" — MA’RIFAT, JASORAT VA SOG‘LOM HAYOT TARG‘IBOTI
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat chet tillari institutining Til va tarjima fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan "Ibrat izdoshlar" talabalar teatr guruhi tomonidan "Qo‘rqma" nomli spektakl namoyish etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni jadid ma’rifatparvarlarining boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishdan iborat. Jadid bobolarimiz, jumladan, Is’hoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Abdulla Avloniy ilm-ma’rifatni jamiyat taraqqiyotining muhim omili deb bilganlar. Ularning yoshlarni bilimli, ma’rifatli va mustaqil fikrlaydigan insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Shuningdek, tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish, zararli odatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda hayotda to‘g‘ri tanlov qilishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Teatr — tarbiya, ma’rifat va hayotiy saboqlar maskani! Bunday tadbirlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir tashkilotchilari va "Ibrat izdoshlar" teatr guruhi a’zolariga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
Ma’rifatli yoshlar — yurt kelajagi!
#YoshlarKuni #IbratIzdoshlari #Qorqma #JadidlarMerosiniOrganamiz #GiyohvandlikkaQarshiKurash #SoglomAvlod