FILOLOGIYA FAKULTETIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakultetida To‘raqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi boshlig‘i hamda Davlat xizmatlari va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilarga qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va ularning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, qonuniylik va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
#FilologiyaFakulteti #DavraSuhbati #HuquqiySavodxonlik #Yoshlar #Adliya