“O‘ZBEK TILI OLIMPIADASI”NING RESPUBLIKA BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA
Xorazm viloyatining Urganch shahrida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda tahsil olayotgan, o‘zga millat vakili bo‘lgan xorijiy talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili olimpiadasi”ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada Namangan davlat chet tillari instituti O‘zbek va sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi S.Usmonova rahbarligidagi ikki nafar talaba ham ishtirok etmoqda. Olimpiada xorijiy talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning til bilimi va nutqiy kompetensiyalarini namoyon etish, shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Musobaqaning yakuniy bosqichi ertaga bo‘lib o‘tadi. Institutimiz vakillariga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!