“ONA TILIM — MILLAT FAXRI” INSHOLAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI!
21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti Til va tarjima fakulteti yetakchisi Gulzoda Egamberdiyeva tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Ona tilim — millat faxri” insholar tanlovining 2-qismi o‘tkazildi. Tanlovda talabalar ona tilimizning boyligi, jozibasi, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni va uni asrab-avaylashning ahamiyatini o‘z insholarida ijodiy ifoda etdilar. Tanlov yoshlarning ona tiliga bo‘lgan hurmatini yuksaltirish, o‘zbek tilining nufuzini oshirish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etishga xizmat qildi.
Tanlov natijalari va g‘oliblar tez orada e’lon qilinadi! Bizni kuzatishda davom eting!
Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho ma’naviy merosimiz!