INSTITUTDA “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILDI

Yangilik ilmiy

INSTITUTDA “UMUMMILLIY DIKTANT” LOYIHASI O‘TKAZILDI

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yanada oshirish, davlat tiliga hurmatni kuchaytirish hamda xodimlarning yozma savodxonligini yuksaltirish maqsadida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi. Mazkur loyiha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbar va xodimlari o‘rtasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan. Tadbir davomida ishtirokchilarning o‘zbek adabiy tili me’yorlari, imlo, punktuatsiya va uslubiy qoidalar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbus davlat tilining ijtimoiy hayotdagi mavqeyini mustahkamlash, o‘zbek tilining qo‘llanish doirasini kengaytirish va yozma nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Davlat tiliga hurmat — milliy qadriyatlarga hurmat! 

#UmummilliyDiktant #DavlatTili #NamDChTI