PREZIDENT TOPSHIRIQLARI AMALDA: TALABALAR UCHUN TADBIRKORLIK MASHG‘ULOTI TASHKIL ETILDI

Yangilik ilmiy

PREZIDENT TOPSHIRIQLARI AMALDA: TALABALAR UCHUN TADBIRKORLIK MASHG‘ULOTI TASHKIL ETILDI

 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Til va tarjima fakultetining 4-bosqich RUA-AR-23 va RUA-BR-23 guruhlari talabalari uchun “Tadbirkorlik asoslari” fani doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotda institutning birinchi prorektori X.Nishonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan viloyati filiali bosh mutaxassisi X.Hikmatov ishtirok etdi. Seminar davomida talabalarga tadbirkorlik faoliyatining mazmun-mohiyati, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish bosqichlari, mustaqil qaror qabul qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbirkorlikni boshlashning asosiy to‘rtta tamoyili tushuntirilib, biznes yuritishda tashabbuskorlik, mas’uliyat va iqtisodiy mustaqillikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Savol-javoblar asosida interaktiv tarzda tashkil etilgan mashg‘ulot talabalar uchun nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, tadbirkorlikka oid bilimlarini kengaytirish hamda kelajakdagi faoliyatlari uchun zarur tushunchalarni egallash imkonini berdi.
#NamanganDavlatChetTillariInstituti #Tadbirkorlik #PrezidentTopshiriqlari